Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida  7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida Qahramanmarash, Malatya, Shanliurfa va Gaziantep viloyatlarida yuzlab binolar qulab tushgan. Bu haqda "TRT Haber" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vayronalar ostida qolib ketgan insonlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda. Hozircha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida to‘liq ma’lumot berilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Eron shimoli-g‘arbida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing