Turkiyada 5 o‘zbekistonlik qalbaki alkogol ichib, vafot etdi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida bir kunda 5 nafar O‘zbakiston fuqarosi qalbaki alkogoldan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 14 yanvar kuni Bosh konsulxonaga qo‘lbola spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlanib vafot etgan 5 nafar o‘zbekistonlikning yaqin qarindoshlari murojaat qilgan. Ushbu holatlar Istanbul shahrining Aksaray tumanida sotib olingan spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yuzaga kelgan.

“Vafot etgan fuqarolarimiz asosan 35–40 yoshdagi erkaklar bo‘lib, ularning barchasi voyaga yetmagan farzandlarni yetim qoldirdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda ham 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan edi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, vafot etganlar 5 kishi bo‘lib, ularning hammasi joriy yilning 11 yanvar kuni Samarqand shahrida olamdan o‘tgan. Ma’lum qilinishicha, ulardan A.M., J.B., V.B., O.T. o‘z yashash xonadonida, A.U. esa ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Ularning aksariyati spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qalbaki alkogol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing