Turkiyada 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Malatya shahri Kale tumanida kecha, 16 oktyabr kuni 5,9 magnitudali zilzila oqibatida 187 nafar fuqaro jabr ko‘rdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Zilzila chuqurligi – 10,07 kilometr, epimarkazi Malatya shahridan 47 km sharqda joylashgan. Bu Diyorbakir va Elyazig kabi qo‘shni viloyatlarda ham sezilgan.

Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi zilziladan keyin 30 ta yer silkinishi sodir bo‘lgani va ular 1,2 dan 3 ballgacha bo‘lganini ma’lum qildi. 

Zilziladan boxabar qilingan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Malatya gubernatori Seddar Yavuz va shahar hokimi Sami Er bilan telefon orqali muloqot qilgan va yer silkinishi bo‘yicha ma’lumot olgan. Erdo‘g‘an mintaqadagi ishlarning davlatning barcha bo‘linmalari bilan kelishilgan holda olib borilishi haqida ko‘rsatma bergan.

Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoyaning ma’lum qilishicha, 187 nafar fuqaro zilziladan jabr ko‘rgan. Malatya Tabiiy ofatlarni koordinatsiya qilish markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng bayonot bergan Yerliqoya 43 kishi kuzatuv ostida ekanini qo‘shimcha qilgan.

Malatya gubernatori Seddar Yavuz, o‘z bayonotida, hozirgacha muassasalarga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaganligini ta’kidlagan bo‘lsada, “Anadolu” 3 ta bino zarar ko‘rganini yozgan. Yavuz xabarlarni rad etgan. Zarar ko‘rgan va evakuatsiya qilingan binolardan uzoqroq bo‘lish lozimligini aytgan Yavuz, ehtiyot chorasi sifatida maktablarning bir kunga yopilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Hatay viloyatida 4,0 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Zilzila 6.04 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgani aniqlangan.

2023 yil fevralda esa Epimarkazi Qahramonmarashda bo‘lgan 7.7 balli zilzila butun respublikaning 11 viloyatida sezilgandi.  “Asr falokati” deb atalgan ushbu zilzila va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun olib borilgan ishlar haqida QALAMPIR.UZ’ning voqea joyidan tayyorlagan reportajidan bilib olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila Ali Erliqoya Malat'ya shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made