Turkiyada 16 yoshli futbolchi vafot etdi
Sport
−
20 may 1475 1 daqiqa
Turkiyaning “Anqara Kechiorengyujyu” yoshlar jamoasi futbolchisi, 16 yoshli Abdulloh Sultono‘g‘lu avtohalokat oqibatida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, baxtsiz hodisa joriy yilning 16 may kuni Anqara viloyatining Chubuk tumanida sodir bo‘lgan. 16 yoshli futbolchi mototsikl haydab ketayotgan vaqtda avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.
U shifoxonaga yotqizilib, reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Shifokorlar uch kun davomida uning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilgan, ammo o‘smirni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.
Klub marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Abdulloh Sultono‘g‘lu Turkiyaning ikkinchi divizionida ishtirok etardi. O‘tgan mavsumda uning jamoasi 7-o‘rinni egallab, Superligasiga chiqish uchun pley-off bosqichida qatnashgan. Chorak finalda jamoa “Korumu”ga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, yuqori divizionga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan.

Live
Barchasi