Turkiyada harorat -28 darajagacha tushdi

Olam

image

Turkiyaning markaziy qismidagi Sivas viloyatida oxirgi kunlarda anomal sovuqlar qayd etilmoqda. 

14 martga o‘tar kechasi Sivasning Imronli hududida havo harorati minus 28,2 darajaga tushib, Turkiyadagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat meteorologiya xizmati. 

Shuningdek, anomal sovuq Bolu (minus 24,8),  Afyonkarahisar (minus 21,2) va Erzurum (minus 19,3) da ham qayd etilgan. 

Sovuq havo va qor yog‘ishi aholining kundalik turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning aholi zich joylashgan Istanbul shahri va shu nomdagi viloyati so‘nggi yillardagi eng kuchli qor sabab noqulay davrni kechirayotgani haqida xabar bergandik. Oqibatda ko‘plab yo‘llarda harakatlanish to‘xtatilgan, aviareyslar bekor qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

543

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing