Turkiyada hakamlarning o‘yinlarga ommaviy pul tikishi fosh etildi

Sport

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) prezidenti Ibrohim Hojiosmano‘g‘li hakamlar orasida keng ko‘lamli o‘yinlarga pul tikish faoliyati aniqlanganini ma’lum qildi. 571 ta ro‘yxatdagi hakamdan 371 nafari pul tikish hisobiga ega bo‘lib, 152 nafari faol ravishda o‘yinga garov qo‘ygan. Bu haqda “Turkiye today” nashri xabar berdi.

Hojiosmano‘g‘li tergov natijalari davlat muassasalaridan olingan rasmiy ma’lumotlar va professional tahlillarga asoslanganini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, 7 elita hakam, 15 elita yordamchi, 36 milliy hakam va 94 milliy yordamchi hakam ushbu noqonuniy faoliyatga aloqador. Ba’zi hakamlar mingdan ortiq o‘yinga garov qo‘ygani aniqlangan, eng faol hakam esa 18 227 marta o‘yinlarga pul tikkan. 

TFF tartib-intizom kengashi jazo choralarini qo‘llashni boshlagan. Hojiosmano‘g‘li bu jarayonning barcha tergov natijalarini shaffof tarzda oshkor qilishini ta’kidlagan. Shu bilan birga, federatsiya bu borada FIFA va UEFA’ni ham xabardor qilgan.

Hojiosmano‘g‘li barcha klublarni ichki tekshiruvlar o‘tkazishga chaqirgan va yangi hakamlar halollik va professionallik asosida tayyorlanishini ma’lum qilgan. U bu tozalash ishlarini turk futboli uchun burilish nuqtasi deb atagan. TFFning bu sa’y-harakatlari muxlislar va klublar tomonidan yuqori baholangan bo‘lib, federatsiya bu ishni shaffof tarzda yakunlashga va’da bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq serbiyalik taniqli basketbol hakami Urosh Nikolich xalqaro politsiya operatsiyasi davomida uyushgan jinoyatchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya FIFA UEFA TFF Ibrohim Hojiosmano'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing