Turkiya Yevro-2020 musobaqasiga  mezbonlik qilishni so‘ramoqda

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Ushbu virus tufayli ko‘plab futbol uchrashuvlari, xalqaro musobaqalar va ommaviy tadbirlar bekor qilinmoqda. Futbol bo‘yicha Yevro-2020 musobaqasi Ozarbayjon, Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Rossiya, Ruminiya va Shotlandiya davlatlari mehmonlik qilishi kerak edi. Biroq, koronavirus sabab YeVRO-2020 musobaqasi o‘tkazilishi so‘roq ostida qolmoqda. Hech bir davlat ushbu turnirga mezbonlik qilishni istamayapti. Aksincha, Yevropa davlatlarining ko‘pchiligi musobaqani 2021 yilda o‘tkazishni so‘ramoqda. 

"AS" nashrining xabar berishicha, Turkiya Yevro-2020 musobaqasiga mezbonlik qilishga to‘liq tayyor. Bu borada Turkiya futbol federatsiyasi UEFAga taklif bilan chiqqan. Turklar Yevro-2020 musobaqasiga mezbonlik huquqini qo‘lga kiritish uchun, mamlakatda kam miqdorda koronavirusga chalinganlardan asosiy dalil sifatida foydalanmoqchi. Ayni paytda Turkiyada rasman 10 nafar odam koronavirus yuqtirib olgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Yevro-2020 turniri joriy yilning 12 iyun kunidan 12 iyul kuniga qadar bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi butun dunyoga xavf solayotgani bois, ushbu musobaqa noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin. 

Turkiya Yevro-2020 musobaqasiga mezbonlik qiladigan davlatlar qatoriga kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Futbol Koronavirus Evro-2020

Baholaganlar

81

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing