Turkiya va Qozog‘iston harbiy hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishdi
Olam
−
26 Oktabr 2020
3983Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar bugun, 26 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda qozoq hamkasbi Nurlan Yermekbayev bilan uchrashgach, Qozog‘iston va Turkiya harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishganini qayd etdi.
U sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi rahbari bilan mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishini qo‘shimcha qilgan.
Ikki mamlakat vazirlari uchrashuvida kun tartibiga harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, shaxsiy tarkibni tayyorlash, harbiy ta’lim, jangovar tayyorgarlik, mashg‘ulotlarda qatnashish masalalari kiritilgan.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik. Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida juda yaqin muloqot va hamkorlik mavjud bo‘lganligi sababli, bizning ishimiz juda oson kechdi. Biz erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik”, deydi Xulusi Akar OAV bilan muloqotda.
Uning ta’kidlashicha, tomonlar harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi to‘g‘risida kelishib olgan.
U Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyatiga va Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlarining barcha harbiy xizmatchilariga mamlakatlar o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirgan.
Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev Turkiya Qozog‘istonning strategik sherigi ekanini ta’kidladi.
"Turkiya bizning strategik sherigimiz, bizning hamkorligimiz davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga asoslangan. 2018 yil sentyabr oyida Elboshi Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘lgan, muhim hujjatlar, jumladan, harbiy hamkorlik va harbiy sohadagi maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida imzolangan”, deydi Nurlan Yermekbayev.
Yermekbayev Turkiya mudofaa vazirining Qozog‘istonga tashrifi natijalari harbiy va harbiy-texnik sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka yangi turtki berishini va xavfsizlik manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.
LiveBarchasi