Turkiya Ukrainada yig‘ilishi rejalashtirilgan tovushdan tez uchuvchi dronni taqdim etdi
Olam
−
30 avgust 2022
10510Bugun, 30 avgust kuni Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Samsun shahrida ochilgan Teknofest aerokosmik festivalida Turkiyaning “Baykar Makina” kompaniyasining tovushdan tez uchuvchi uchuvchisiz samolyoti taqdim etildi. Bu haqda TRT davlat telekanalida xabar berildi.
“Bayraktar Kizilelma” deb nomlangan uchuvchisiz samolyot MIUS jangovar uchuvchisiz havo tizimi loyihasi doirasida yaratilgan tovushdan tez tashuvchiga asoslangan uchuvchisiz havo vositasi hisoblanadi. U birinchi parvozini amalga oshirgan Ukrainaning AI-322F dvigateli, shuningdek, Turkiyaning TF-6000 samolyoti bilan jihozlanishi mumkin.
Kompaniya rahbari Haluk Bayroqdor avvalroq yangi dronni “Baykar Makina” Ukrainada qurayotgan zavodda ishlab chiqarish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi. U yerda allaqachon mashhur bo‘lgan “Bayraktar TB2” va “Bayraktar Akinci” dronlarini yig‘ish ham rejalashtirilgan.
“Baykar Makina” shu yilning mart oyida o‘zining tovushdan tez hujumga uchuvchi dron prototipini yig‘ishni boshladi. Uchuvchisiz havo vositasining uchish og‘irligi taxminan 6 tonnani tashkil etadi, shundan deyarli 2 tonnasi foydali yukdir. Dron 12 km balandlikda 5-6 soat havoda qolishi mumkin. Parvoz diapazoni, ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, SATCOM (bu Amerikaning RCA American Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladigan kosmik aloqa sun’iy yo‘ldoshlari seriyasi – tahr.) ma’lumotlar tarmog‘i bilan ishlash qobiliyati tufayli cheklanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlari 2019 yil iyun oyida Liviyada, 2020 yil martda Suriyada, 2020 yil iyun oyida Tog‘li Qorabog‘ urushida qo‘llanilgandi. Fevral oyi oxiri, mart oyi boshlarida Rossiya hujumi ostida qolgan Ukraina ham ushbu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalandi.
LiveBarchasi