Turkiya Ukrainada urushni to‘xtatishga va’da berdi

Olam

image

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bugun, 30 noyabr kuni Buxarestda ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda Anqara Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishini bildirdi. Muzokaralar Ruminiya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar bo‘limlari rahbarlarining uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi. 

“Ukrainalik hamkasbimiz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda biz Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashimizni va barqaror o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni davom ettirishimizni ma’lum qildik”, deb yozdi turk vaziri Twitter’da. 

Buxarestdagi NATO yig‘ilishida so‘zlagan Chavusho‘g‘li, avvalroq Turkiya Ukraina inqirozining erta va adolatli tinch yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori ekanligini va buning uchun tegishli choralarni ko‘rayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

446

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing