Turkiya, Ukraina va BMT Rossiyasiz don tashish rejasini tasdiqladi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Turkiya va Ukraina delegatsiyalari bugun, 31 oktyabr kuni dengiz gumanitar yo‘lak bo‘ylab 14 ta o‘rniga 16 ta kemaning harakatlanishi jadvalini tasdiqladi. Bu haqda kecha, 30 oktyabr kuni dunyo tashkilotining Istanbulda joylashgan Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markazdagi (QMM) vakolatxonasi tomonidan tarqatilgan qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarda aytiladi, deb yozmoqda TASS,

Yuqorida tilga olingan delegatsiyalar “ertaga, 31 oktyabr kuni dengiz gumanitar yo‘lagi bo‘ylab 16 ta, jumladan, 12 tasining Ukraina portlaridan chiqish va to‘rttasi Ukraina portlariga harakatlanish rejasini kelishib olgan”. Bu qaror haqida BMT tomonidan Rossiya tomoni xabardor qilingan.

Shu bilan birga, QMM oltita kema Ukraina portlaridan harakatlana boshlaganini, ammo gumanitar koridorga hali chiqmaganini ta’kidladi. Umuman olganda, umumiy og‘irligi taxminan 700 ming tonna bo‘lgan oziq-ovqat yuki bo‘lgan 21 ta kema Ukraina portlari va unga tutash suvlarda harakatlanish uchun ruxsat kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopoldagi Qora dengiz harbiy flotiga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvdagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, rasmiy Moskva kemalar xavfsizligiga javob bermasligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi. Don shartnomasi Ukrainaning Odessa, Yujniy va Chernomorsk portlarini o‘z ichiga oladi.

Shartnoma muddati 19 noyabrda tugaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya avvalroq kelishuvni uzaytirishga chaqirgan edi.

Oktyabr oyida Qrim ko‘prigida portlash bo‘lishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin don kelishuvi to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini aytgandi. U portlovchi uskuna don yo‘lagi orqali Qrimga olib kelingani tasdiqlansa, shunday qilinishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing