Turkiya Suriyaning Kobani shahriga havodan zarba berdi – OAV
Olam
−
20 noyabr 2022
10618Turkiya armiyasi Suriya shimolidagi Aleppo viloyatidagi Kobani shahriga havodan zarbalar berdi. Bu haqda ye “Agence France-Presse” kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” vakiliga tayanib xabar berdi.
"Islomiy davlat” (Iroq va Suriyada faoliyat yurituvchi terrorchi tashkilot)ni mag‘lub etgan Kobani shahri turk samolyotlari tomonidan bombardimon qilinmoqda”, deydi “Suriya demokratik kuchlari” vakili Farhod Shami.
U Istanbulda 13 noyabr kuni sodir bo‘lgan hujumga SDKning aloqadorligini rad etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar Suriya shimoli-sharqidagi Al-Hasake viloyatidagi nishonlarga ham berilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi Suriyaning Kobani shahridan jo‘natilgan va terrorchi KIP bilan aloqador bo‘lgan arab millatiga mansub ayol Ahlam al-Bashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. So‘roq paytida u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
LiveBarchasi