Turkiya Suriya armiyasiga bergan zarbalarini namoyish etdi (video)

Olam

Turkiya ommaviy axborot vositalari Idlibda Suriya qo‘shinlariga berilgan zarbalar tasvirlangan videoni namoyish etdi. Yozuvlar “Anadolu” agentligi tomonidan joylashtirilgan.

Videoda so‘nggi 17 kun ichida amalga oshirilgan operatsiyalar ko‘rsatilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqt ichida Suriya armiyasiga tegishli 130 ga yaqin harbiy texnika yo‘q qilingan. Shuningdek, videoda 1,7 ming harbiy zararsizlantirilgani haqida xabar berilgan.

Avvalroq Suriyadagi mojaroning avj olishi yangi kuchga kirgani, turk qo‘shinlari Suriya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 33 kishi halok bo‘lgani va yana 32 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi. Bunga javoban, Turkiya hukumati Suriya qurolli kuchlari endi dushman nishonlari sifatida qabul qilinishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Idlib

Baholaganlar

355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing