Turkiya Suriya harbiylarini o‘qitishni boshladi

Olam

image

Turkiya Mudofaa vazirligi avgust oyida imzolangan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq texnik yordam ko‘rsatuvchi suriyalik harbiylarni o‘qitish va maslahat berishni boshladi. Bu haqda “Daily Sabah” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, shartnoma imzolangandan so‘ng, Suriya qurolli kuchlarini qayta tuzish, o‘qitish harakatlari faollashgan. Mashg‘ulotlar, tashriflar, maslahatlashuvlar va texnik yordam Suriya mudofaa vaziri bilan kelishilgan holda rejalashtirilganidek amalga oshirilmoqda.

“Turkiya bir davlat, bir armiya tamoyilini amalga oshirishni maqsad qilgan”, deyiladi xabarda.

Nashrning qo‘shicha qilishicha, Turkiya Suriyani qurol va logistika bilan ham ta’minlamoqda. O‘z navbatida, Suriya hukumati mintaqani terrorchilik harakatidan tozalash chaqiriqlariga quloq tutgan.

Ba’zi OAVlarda Isroil kuchlari Suriyadagi Turkiya texnikalariga zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Nashr manbalari esa Isroil Turkiyaning Suriyadagi texnikasiga zarba bergani haqidagi ma’lumotni rad etgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya shimolida turk kuchlari va texnikasini joylashtirishda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganini ta’kidlagan.

Britaniya matbuoti Turkiyaning ikki bazasida 300 ga yaqin suriyalik harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotganini xabar qildi. Yaqin kelajakda Anqara 5000 nafargacha harbiy xizmatchi va politsiyachini tayyorlash, keyin esa bu sonni 20 mingga yetkazish niyatida.

Bu kelishuv Suriya qurolli kuchlarini qayta qurish yo‘lidagi birinchi qadam sifatida ko‘rilmoqda. Turkiya Damashqqa ta’lim va jihozlar berib, zamonaviy armiya qurishda yordam berishga va’da bergan. Joriy yilning iyul oyida Suriya hukumati janubdagi to‘qnashuvlar va Isroilning Damashqqa bergan zarbalaridan keyin Anqaradan harbiy yordam so‘ragan edi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, avgust oyidagi kelishuv turk qo‘shinlarini Suriya bazalariga joylashtirishni nazarda tutmagan. Biroq, tomonlar uchta muhim obektga turk qo‘shinlarini joylashtirishni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan kengroq mudofaa shartnomasini muhokama qilmoqda. Muzokaralar yakunlanish arafasida, yaqin oylarda imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Milliy mudofaa vazirligi vakillari Suriyaga “texnik tashriflar” uyushtirib, joylardagi ehtiyojlarni monitoring qilishi hamda mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish maqsadida qo‘shma “yo‘l xaritasi” tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing