Turkiya va Rossiya Suriya bo‘yicha kelishuvga erishdi
Olam
−
25 mart 2021
4357Turkiya Rossiya bilan Suriyaning Idlib viloyatida sulh tuzish uchun choralar ko‘rishga kelishib oldi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan suhbatdan so‘ng ma’lum qildi. Bu haqda CNN Turk xabar bermoqda.
Akarning ta’kidlashicha, tomonlar konstruktiv muzokaralar olib borgan, uchrashuv davomida Turkiya tomoni Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirish to‘g‘risidagi memorandum buzilganini ma’lum qilgan. Vazirga ko‘ra, tomonlar muammoni hal qilish uchun o‘zaro choralar ko‘rishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Kilis viloyati Suriya tomondan raketa hujumiga uchragandi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023