Turkiya Rossiyaning qo‘lga olingan kemasidagi donni tekshirishni boshladi 

Olam

image

Turkiya hukumati 1 iyul kuni Turkiyaning Qoradengizdagi Karasu porti yaqinida langar o‘rnatgan “Jibek Joli” yuk kemasi bortidagi g‘allaning kelib chiqishi yuzasidan tekshiruv boshladi. Bu haqda Turkiya rasmiylariga tayanib “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda kema Karasu portida bog‘lab qo‘yilgan, u Turkiya rasmiylari yukning kelib chiqishi va trayektoriyasini aniqlamaguncha o‘sha yerda qoladi. 

Agentlik suhbatdoshlaridan birining ta’kidlashicha, Anqara yuk kemasi atrofidagi vaziyatga ehtiyotkorona munosabatda, chunki u Moskva va Kiyev o‘rtasida don eksporti uchun xavfsiz yo‘lak yaratish bo‘yicha muzokaralarda vositachi sifatida ishlamoqda.

Shuningdek, u Turkiya, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishtirokida g‘alla muammosiga bag‘ishlangan yig‘ilish “kelasi haftadayoq” o‘tkazilishi mumkinligini aytib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyul kuni Turkiya bojxona vakillari Kiyev so‘roviga ko‘ra, Ukraina donini olib ketayotgan Rossiyaning “Jibek Joli” yuk kemasini qo‘lga olgandi. Biroq, rasmiy Anqara Moskvaning bu ayblovini qabul qilganicha yo‘q.  

Joriy yilning 1 iyulidan buyon kema Turkiya rasmiylaridan Karasuga kirish va yuk tushirish uchun ruxsat kutgan, biroq uni ololmagan. “Jibek Joli”da 7 ming tonna g‘alla bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing