Turkiya Rossiya zarbasidan keyin Suriya shimoliga zirhli texnika tashladi

Olam

image

Turkiya Suriya shimoli-g‘arbiga 450 dan ortiq harbiy texnika tashladi. Ular qo‘shni Xatay provinsiyasidan kelgan. Bu haqda Suriya inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi (Syrian Observatory for Human Rights, SOHR) xabar berdi.

SOHR ma’lumotiga ko‘ra, harbiy konvoy zirxli texnika va og‘ir qurollardan iborat bo‘lgan. Turk texnikalari Rossiya Idlib viloyatiga aviazarba berganidan bir kun o‘tib keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 avgust kuni Rossiyaning Su-24M samolyoti Idlib shimolidagi jangarilari ob’ektlariga bir qancha zarba bergan. Rossiya Harbiy kosmik kuchlari “Hayat Tahrir ash-Shom” terrorchilik tashkiloti pozitsiyasiga zarba bergani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, mart oyi boshida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Idlibda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi. Tomonlar qo‘shimcha bayonnoma tuzib, M4 trassasida xavfsiz yo‘lak tashkil qilish va uni birgalikda patrul qilishga kelishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Rossiya-Turkiya

Baholaganlar

737

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing