Turkiya Rossiya samolyotlari uchun osmonini qisman yopdi
Olam
−
24 aprel 2022
13794Turkiya Suriyaga uchayotgan Rossiya harbiy va fuqarolik samolyotlari uchun havo hududini yopdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiyaga har uch oyda bir marta ruxsatnomalar bergan, ikkinchisi esa aprelda tugagan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘shandan beri parvozlar to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, ruxsatnomalar endi uzaytirmaslikka qaror qilingan. Biroq, vazir buning sababini tushuntirmagan.
Aytish joizki, Turkiya Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiyaga qarshi joriy qilingan G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmadi. Shu bilan birga, mamlakat bir necha bor Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lgan.
LiveBarchasi