Turkiya rasmiysi Nurgul Yashilchoy va Burak O‘zchivitning xurmacha qiliqlari uchun uzr so‘radi

Madaniyat-san’at

image

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ahmet Misbah Demirjan Toshkentda o‘tkazilgan turk kinosi kunlaridagi mojaro yuzasidan voqeaga munosabat bildirgan. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Kinematografiya agentligi mas’ullariga tayanib xabar berdi.

Agentlik jurnalistga bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda “tadbirga tashrif buyurgan” tomoshabinlardan rasman uzr so‘ragan. Qolaversa, u, bo‘lib o‘tgan voqeaga munosabat bildirar ekan, uni “yulduz”larning xarakterlari bilan bog‘lagan.

“Har bir kinoyulduzning o‘ziga yarasha xarakteri bor, hamkasblar o‘rtasidagi munosabat ularning o‘z ichki ishi, sahnaga chiqish yoki chiqmaslik, kim bilan o‘tirish yo o‘tirmaslik masalasi har kimning o‘z tanlovidir. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun O‘zbekiston Kinematografiya agentligiga o‘zining chuqur minnatdorligini bildirib, yuzaga kelgan holat uchun tashkilotchilarni ayblamaslikni so‘raydi”, degan Ahmet Misbah Demirjan

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIV xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilgan Turk kino kunlariga bag‘ishlangan ijodiy kechada turkiyalik aktyorlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Aktrisa Nurgul Yashilchoy va aktyor Burak O‘zchivit sahnadan joy olgan to‘qqiz nafar hamkasblari bilan bir davrada o‘tirishni istamagan. Tadbirning ikkinchi qismida Nurgul Yashilchoy sahnada ko‘rinish berishi ortidan turk aktyori Sardor Gyokxan mikrofon orqali bu holatga o‘z noroziligini bildirgan, u ham Nurgul bor sahnada qololmasligini, Nurgul va Burak hamkasblariga hurmatsizlik qilib, ular bilan bir davrada o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmaganini aytgan. Oqibatda tadbir bo‘lingan va bir guruh turk aktyorlari, Turkiya elchixonasi vakillari marosimni tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing