Turkiya portlaridan birida portlash sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
02 dekabr 2022 7105 1 daqiqa
Bugun, 2 dekabr kuni Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Samsun portida portlash yuz berdi. Bu haqda “CNN Turk” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash neft mavjud bo‘lgan tankerlardan birida sodir bo‘lgan. Oqibatda yong‘in kelib chiqqan. Portlashga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Turkiya Transport va infratuzilma vazirligining dengizchilik boshqarmasiga ko‘ra, hozirda neft tankining portlashi bo‘yicha tergov boshlangan.
Ma’lumot uchun, Samsun Anqaradan 420 kilometr shimolda joylashgan mamlakatning eng muhim portlaridan biri sanaladi. Samsunda Sochi, Tuapse, Novorossiysk, Odessa, Batumi va Bolgariya va Ruminiya portlari bilan aloqa o‘rnatilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025