Turkiya osmonida yana Eron ballistik raketasi urib tushirildi (video)
Olam
−
17:16 3537 1 daqiqa
Bugun, 9 mart kuni Eron tomonidan otilib, Turkiya havo hududiga kirgan ballistik raketa urib tushirildi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur raketa Sharqiy O‘rta yer dengizida joylashgan NATO havo va raketa mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Ba’zi raketa qismlari Gaziantepdagi bo‘sh yerlarga tushgan. Hodisa oqibatida jarohat olagnalar yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q.
“Turkiya yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga va mintaqaviy barqarorlikka katta e’tibor beradi. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududi va havo hududiga qarshi bo‘lgan har qanday tahdidga qarshi zarur choralar qat’iyat bilan va ikkilanmasdan ko‘rilishini yana bir bor ta’kidlaymiz. Turkiyaning ushbu ogohlantirishlariga rioya qilish har bir tomonning manfaatiga xizmat qilishini eslatamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya osmonida Erondan uchirilgan ballistik raketa yo‘q qilingandi. Shundan so‘ng, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qo‘shnilaridan uzr so‘radi va hujumlarni to‘xtatishga va’da berdi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan esa Turkiya oson provakatsiyaga beriladigan mamlakat emasligini va Eronni keskin ogohlantirdi.
Live
Barchasi