Turkiya musulmon dunyosini Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzishga chaqirmoqda

Olam

image

Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzish haqidagi qarorlar jamoaviy xarakterga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan "Al Jazeera" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz Isroil bilan munosabatlarni uzish haqida o‘ylab ko‘rdik, biroq bu boshqa musulmon davlatlari ishtirokidagi jamoviy qaror bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. Vashingtonning Isroilni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va doimiy sulhni qabul qilmasligiga qo‘shilmaymiz”, deydi u.

Shuningdek, Xoqon Amerikaning Isroilni qo‘llashi terroristik hurujlar bilan davom etsa, bu global inqirozni keltirib chiqarishi mumkinligini bildirgan.

“Agar AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi davomli qotilliklar va portlashlar bilan davom etsa, bu global inqirozni keltirib chiqaradi. Biz G‘azo sektoridagi urushdan keyingi vaziyat haqida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilmaguncha gapirishdan bosh tortamiz”, deb so‘zini yakunlaydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning o‘tgan oyida Boliviya Isroil bilan barcha diplomatik aloqalarni uzgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing