Turkiya muxolifati Rossiyaning saylovlarga aralashuvini isbotlay olishini da’vo qilmoqda

Olam

image

Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovlaridagi asosiy raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylov arafasida nomzodlar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda Rossiyaning ishtiroki haqida dalillar borligini da’vo qilmoqda. Bu haqda u bugun, 12 may kuni “Reuters” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Agar bizda aniq dalil bo‘lmaganida, men bu haqda tvit yozmagan bo‘lardim. Turkiyadagi saylov jarayoniga boshqa davlatning biron-bir siyosiy partiya manfaati yo‘lida aralashishini qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz. Bu haqda butun dunyo bilishini istardim”, degan Qilichdoro‘g‘li.

Qilichdoro‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, u rahbarlik qilayotgan “Jumhuriyat” xalq partiyasi Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi bilan “fake”larning paydo bo‘lishi masalasini muhokama qilmagan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Moskvaning Turkiyadagi saylovlarga aralashuvi ehtimoli haqidagi gaplarni qat’iyan rad etib, bunday ma’lumotlar yolg‘onchilar tomonidan tarqatilayotganini ta’kidlagan. 

“Qilichdoro‘g‘li uchun uzoq vaqt davomida butun hukumatga, butun rahbariyatga Rossiya aralashib, keyin sud jarayoniga o‘nlab million dollar sarflagan va nihoyat hech qanday aralashuv bo‘lmagan, degan xulosaga kelgan amerikaliklarning hikoyasini eslash juda muhim”, degan Peskov.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Erdo'g'an Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made