Turkiya milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiyi tayinlandi
Sport
−
10:57 483 1 daqiqa
Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) Sergen Yalchinni mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda federatsiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilindi.
Avvalroq, Turkiya terma jamoasini italiyalik Vinchenso Montella boshqarib kelayotgan edi. Joriy yilning 9 oktyabr kuni uning shartnomasi bekor qilingan. Bunga jamoaning Millatlar ligasi guruh bosqichidagi to‘rtta uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Yalchin 2020-2021 yilgi mavsumda “Beshiktosh”ni Turkiya chempionligi va mamlakat kubogiga olib chiqqan. Shu tariqa u futbolchi va bosh murabbiy sifatida Turkiya chempionligini qo‘lga kiritgan ilk murabbiyga aylangan.
2025 yil avgust oyida mutaxassis ikkinchi bor “Beshiktosh” bosh murabbiyi lavozimini egallagan. Biroq 2026 yil may oyida klub u bilan hamkorlikni to‘xtatgan.
Sergen Yalchin ochiq bayonotlari hamda Turkiya futboli rahbariyati qarorlariga nisbatan tanqidiy munosabati bilan tanilgan. Vinchenso Montella 2023 yilda Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin Yalchin ham milliy jamoani boshqarish bo‘yicha taklif olishni kutganini aytgan.
Live
Barchasi