Turkiya millionlab qochqinlarni ortga qaytarmoqchi

Jamiyat

image

Turkiya hukumati mamlakatdan qo‘nim topgan qochqinlarni ortga qaytarmoqchi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Antaliyada o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko‘rganlarga yangi texnikalarni topshirish marosimida aytib o‘tdi.

Vazir xalqaro hamjamiyat noqonuniy migrantlar muammosi qanchalik jiddiy ekanini tushunib yetgani haqida so‘z ochgan. U BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi Turkiyaga kelganini eslatgan.

Chavusho‘g‘lining ta’kidlashicha, Turkiya allaqachon qochqinlarning xavfsiz qaytishi uchun xalqaro hamjamiyatdan faol yordam olishni boshlagan.

“Ular masalaning jiddiyligini tushuna boshladi. Turkiya BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissarligi bilan qochoqlarni, ayniqsa, suriyaliklarni qaytarish ustida ishlamoqda", degan Chavusho‘g‘l.

Shu bilan birga, Turkiya TIV rahbari qochqinlar vataniga qaytganidan keyin munosib sharoitlarda yashashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Qayd etish kerakki, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya 3,9 mlndan ortiq qochqinlarni qabul qilgan. Ularning 90 foizini Suriya fuqarolari tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing