Turkiya mamlakat uchun kerakli vaqtda quruqlikdagi operatsiyani boshlaydi

Olam

image

Turkiya hujumlarga aloqador barcha shaxslarni zudlik bilan tergov qilish va javobgarlikka tortish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishidagi nutqida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an so‘z ochdi.  

Turkiya davlati rahbari Istanbulda 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt, shuningdek, Suriya hududidan mamlakatning chegaradosh hududlarini o‘qqa tutib, ikki tinch fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lganiga e’tibor qaratdi. 

Prezidentning ta’kidlashicha, tergov natijasida Istanbuldagi terakt tashkilotchilari – Suriya hududida faoliyat yuritgan terrorchilar bo‘lib chiqqan. 

Davlat rahbari so‘nggi yillarda chegaradosh Hatay, Gaziantep, Kilis, Shonliurfa va Shirnak viloyatlari hududlari 764 marta raketa va minomyotlardan o‘qqa tutilganini, buning oqibatida 32 nafar Turkiya fuqarosi halok bo‘lganini, yana 261 nafari yaralanganini eslatdi.  

“Turkiya hududida terrorchilik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarining zaiflashishi fonida Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari mamlakatimizning chegaradosh aholi punktlarini o‘qqa tutmoqda. Agar 2015 yilda terrorchilar Turkiyada 26 ta terakt uyushtirgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 2-3 taga kamaydi”, deydi Erdo‘g‘an. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim kuchlarning (mamlakatlarning) o‘zlari nazorati ostidagi Suriya hududlaridan Turkiyaga tahdidning yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi kafolatlari gapligicha qolmoqda.  Ayni paytda Turkiya tomonidan aytilgan har bir bayonot inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatlarga asoslangan va aniq bir sababi bor. 

“Agar Suriya kelishuvlari bo‘yicha tomonlar o‘z majburiyatlarini [chegara hududlarini terrorchilardan tozalash – tahr.] bajarmasa, Turkiya milliy xavfsizlikka tahdidlarni o‘z-o‘zidan bartaraf etish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deya ta’kidladi Turkiya rahbari. 

Prezidentga ko‘ra, Turkiya mamlakat uchun eng munosib vaqtda quruqlikdagi aksilterror operatsiyasini boshlaydi,. 

Prezident Erdo‘g‘an Anqaraga qaratilgan bosim va hujumlarning asl sababi Turkiyaning mintaqaviy yetakchi sifatidagi mavqeining mustahkamlanishi ekanligini ta’kidladi.  

“Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarda biz tarafkashlikka duch keldik. Xuddi shu narsa Turkiyaning F-35 dasturidagi ishtiroki bilan inqiroz davrida sodir bo‘ldi. Turkiya hududidan havo hujumidan mudofaa tizimlarini olib chiqish vaqtida, Kipr bo‘yicha muloqot chog‘ida, migratsiya va energetika sohalarida ham ikki tomonlama standartlarga guvoh bo‘ldik”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing