Turkiya maxsus kuchlari Iroq shimolida o‘ta xavfli terrorchini yo‘q qildi

Olam

image

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Iroq shimolida terroristlarni yo‘q qilish uchun navbatdagi operatsiyani o‘tkazdi. Anqaradagi xavfsizlik manbalarining “Anadolu”ga ma’lum qilishicha, MİT xodimlari Duhok/Gara hududida Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) mintaqada qo‘poruvchilikni rejalashtirgan favqulodda xavfli terrorchisi Umit Tarxanni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Tarxan “Rezan Amed” kod nomidan foydalanib, dastlab terrorchilarning Germaniyadagi sheriklari bilan yaqindan hamkorlik qilgan va 2009 yildan Turkiya chegaralariga tutash hududlarga ko‘chib o‘tgan.

Tarxan Iroq shimolidagi Qandil tog‘i hududidagi terrorchilar bazasi hududida teraktlarni tayyorlashda ishtirok etgan va 2015 yilda Suriyaga jo‘nab ketgan. U yerda hujumlar va qo‘poruvchilik uchun “mas’ul” etib tayinlangan.

2016 yildan buyon terrorchi Umit Tarxan portlovchi moddalarni Suriyadan Turkiyaga olib o‘tishni tashkil qilib kelgan. Bundan tashqari, portlovchi qurilmalarning bir qismini shaxsan o‘zi tayyorlagan. Terrorchilar uchun zarur bo‘lgan elektronika va ehtiyot qismlar Yevropadan olib kelingan.

So‘nggi yillarda Tarxan yana Iroq shimoliga ko‘chirilgan va u yerda jangarilarning yangi guruhlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.

Terrorchi Yevropadan elektron jihozlarning navbatdagi partiyasini olishga tayyorlanayotgan paytda Turkiya maxsus xizmatlarining aniq zarbasi bilan u yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing