Turkiya Liviyaga qo‘shin kiritdi
Olam
−
16 yanvar 2020
5840Turkiya armiya Liviya birdamlik hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar etildi. Bu haq Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.
“Biz Liviya qonuniy hukumatining qo‘llab-quvvatlashi va barqarorligini ta’minlash uchun bu mamlakatga o‘z qo‘shinlarimizni jo‘natmoqdamiz. Turkiyaning xavfsizligi chegaradan tashqarida boshlanishini anglab, janubda barqarorlikni ta’minlash uchun barcha siyosiy, tijorat, gumanitar, diplomatik va harbiy imkoniyatlarimizni safarbar etishda davom etamiz”, deydi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Rossiya Liviyadagi ikki asosiy kurashuvchi tomonlarni muzokara stoliga olib keldi. Unda Liviya Milliy birdamlik hukumati rahbari Faiz Sarroj va Liviya milliy armiyasi generali Xalifa Haftar yarashuv bitimini imzolashi kerak edi. Biroq Haftar Moskvani hech qanday hujjatni imzolamay tark etdi.
Erdo‘g‘an joriy yilning 8 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezident Vladimir Putin bilan Liviya masalasini muhokama qilgan edi. Kecha, 15 yanvar kuni xuddi shu mavzuda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan gaplashdi.
LiveBarchasi