Turkiya kurdlarni ogohlantirdi

Olam

image

Turkiya AQSH, Iroq va kurd tuzilmalarini ogohlantirib, agar kurd tashkilotlari Eronga qarshi operatsiyalarda ishtirok etsa, harbiy choralar ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda “Türkiye” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eronga qarshi hujumlar boshlanganidan so‘ng  Isroil Anqarada terrorchi deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasi va uning Eron bo‘linmasi bilan muzokaralar olib borishga uringan. Ular jangovar harakatlarda yer usti proksi kuchlari sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashkilotlar qo‘mondonlari bilan aloqalar “Mossad” razvedkasi orqali amalga oshirilgan. Bu ma’lumotlarni olgach, Turkiya jarayonga faol aralasha boshlagan.

Gazetaning yozishicha, mazkur masala mart oyi boshida Erdo‘g‘an va Tramp o‘rtasidagi telefon suhbatida ham muhokama qilingan. Erdo‘g‘an kurd tuzilmalarini Eronga qarshi urushda qo‘llashga qat’iy qarshi chiqqan. Kurd tashkilotlariga esa, agar ular urushda ishtirok etsa, Turkiya tomoni “oldin Suriyada bo‘lgani kabi har qanday holatda ham ularga zarba berishi” haqida ogohlantirish yetkazilgan.

Mazkur masalani tartibga solishda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi hamda Milliy razvedka tashkiloti ishtirok etmoqda. Ularning rahbariyati Iroq Kurdistoni ma’muriyati va Iroq markaziy hukumati bilan faol aloqalar olib bormoqda. Shuningdek, turk rasmiylari Shimoliy Iroqqa tashrif buyurib, Anqaraning qat’iy pozitsiyasini tushuntirgan hamda zarurat tug‘ilganda harbiy javob berishga tayyor ekanini bildirgan.

Bundan tashqari, ushbu jarayonga qamoqda bo‘lgan yetakchi Abdulla O‘jalon ham jalb etilgan. U Shimoliy Iroqdagi tashkilot rahbariyatiga murojaat qilib, Eron ishlariga aralashmaslik kerakligini ta’kidlagan hamda “Isroil tuzog‘iga tushib qolmaslik” haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning “Kurdiston erkin hayot partiyasi” qurolli a’zolari allaqachon Eron hududida va qo‘zg‘olonga shayligi, biroq ular AQSH qo‘llab-quvvatlashisiz harakat boshlamasligi haqida aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing