Turkiya kriptovalyuta birjasi asoschisini xalqaro qidiruvga berdi
Olam
−
24 aprel 2021
3910Turkiya mahalliy “Thodex Farouk” kriptovalyuta birjasining bosh direktori Fotih Ozerni xalqaro qidiruvga berdi va unga nisbatan Interpolga “qizil xabarnoma” e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunya” gazetasi. “Qizil xabarnoma” Interpolning barcha a’zolaridan qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qilish uchun darhol hibsga olishni talab qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozer Turkiyadan kriptovalyutada 2 milliard dollarlik sarmoyasini qoldirib ketgan. Turkiya uning Albaniyada panoh topganiga ishonadi va uni ekstraditsiyasi qidirmoqchi. Turkiyalik sudya Ozerni “axborot tizimlari, banklar yoki kredit tashkilotlaridan vosita sifatida firibgarlik va jinoyatlar sodir etadigan tashkilot tuzgani” uchun hibsga olish to‘g‘risida order chiqargan. Turkiya Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, erkak Tiranaga 20 aprel kuni Istanbuldan uchib kelgan.
Turkiya prokuraturasi 22 aprel kuni ommaviy axborot vositalarida tadbirkorning parvozi to‘g‘risida birinchi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng, tergov boshladi. Ushbu ish bo‘yicha 62 gumonlanuvchi hibsga olingan, yana 16 kishi qidirilmoqda. Qidiruvlar kompaniya bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta manzillarda, xususan Thodex shtab-kvartirasida ham o‘tkazilgan.
Thodex – bu Turkiyaning kriptovalyuta birjasi. U 2017 yilda tashkil etilgan, saytning faol foydalanuvchilari soni 390 ming kishini tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 aprel kuni kripto birjasida kunlik savdo hajmi 744 million dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Markaziy banki joriy yilning aprel oyi oxiridan boshlab to‘lovlar uchun bitkoindan foydalanishni taqiqlagandi.
LiveBarchasi