Turkiya koinotga sakkizinchi sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Olam

image

Turkiya sakkizinchi sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi. Sun’iy yo‘ldosh orbitaga Amerikaning SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi orqali chiqarilgan. Shu bilan koinotdagi faol turk sun’iy yo‘ldoshlari soni 8 taga yetdi.Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limiga tayanib, "Ukrinform" xabar berdi.

“Bugun biz koinotga mamlakatimizdagi eng kuchli aloqa sun’iy yo‘ldoshi Turksat 5B’ni uchirdik. Bu loyihada biz SpaceX'ning Falcon 9 raketasini afzal ko‘rdik”, deya fikr bildirgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchirish marosimidan so‘ng.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turksat 5B’ning ishga tushirilishi ma’lumotlarni uzatish tezligi va quvvatini 15 barobardan ziyod oshiradi. Uchirilgan sun’iy yo‘ldosh internetdan foydalanish cheklangan hududlarni, shuningdek, quruqlik, dengiz va havo transportini keng qamrovli sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlaydi.

Turksat 5B aloqa sun’iy yo‘ldoshi bo‘lib, Turkiya, Yaqin Sharq, Yevropa va Afrikaning katta qismini qamrab oladi. U Turksat va TAI tomonidan Airbus Defence and Space (D&S) bilan hamkorlikda 2011 yilda imzolangan shartnoma asosida qurilgan.

Shuningdek, Turksat 5B sun’iy yo‘ldoshi Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi bilan Turk Aerokosmik sanoati, CTech, Turksat hamda Fan va texnik tadqiqot kengashi o‘rtasidagi hamkorlik mahsulidir.

Ma’lumot uchun, Turkiya Yer atrofida o‘z sun’iy yo‘ldoshlariga ega bo‘lgan dunyoning 30 davlatidan biridir. Bugungi kunda Yerning geostatsionar orbitasida Turkiyaning 7 ta sun’iy yo‘ldoshi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning to‘rttasi aloqa sun’iy yo‘ldoshi – Turksat 3A, Turksat 4A, Turksat 4B va Turksat 5A va uchtasi ovoz chiqaruvchi sun’iy yo‘ldoshlar – Göktürk-1, Göktürk-2 va RASAT.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing