Turkiya Xitoy vaksinasini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Turkiya Xitoyning koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasi birinchi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda mamlakatning bosh axborot agentligi "Anadolu" xabar bermoqda. 

Turkiyaning Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy kengash a’zosi va Xo‘jatepa universiteti vakillari Anqaradagi matbuot anjumanida xitoylik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan vaksina imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. 

Turkiya Ilmiy Kengashi a’zosi, professor Serhat Unalning aytishicha, xitoylik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina allaqachon Turkiyadagi birinchi ko‘ngillilar guruhiga tatbiq etilgan. 

Unga ko‘ra, test sinovlari 25 turk markazini qamrab oladi. Shu bilan birga, birinchi vaksinalar Anqaradagi Xo‘jatepa universiteti tibbiyot markazlarida ko‘ngillilarga tatbiq etildi. 

Umuman olganda, vaksina sinovi uchun Turkiyada 13 ming ko‘ngillilarni jalb qilish rejalashtirilgan, shulardan 1300 nafari tibbiyot xodimlaridir. 

Anqaradagi Xo‘jatepa universiteti professori Murat Akovaning aytishicha, minglab ko‘ngillilar Xitoy vaksinasini qabul qilgan. 

"Vaksina ko‘ngillilarga 14 kun davomida ikki dozada yuboriladi. Keyin biz uning natijasini tekshiramiz. Ayni paytda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan, faqat xolsizlik va bosh og‘rig‘i kuzatilmoqda", deydi professor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing