Turkiya Qobulda 19 kishining yostig‘ini quritgan teraktni qoraladi
Olam
−
30 Sentabr 2022
2941Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston poytaxti Qobul g‘arbidagi Kaj ta’lim markazida sodir etilgan va kamida 19 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt yuzasidan munosabat bildirdi.
“Afg‘oniston poytaxtidagi ta’lim markazida sodir etilgan terakt oqibatida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar haqidagi xabardan chuqur qayg‘udamiz. Turkiya terrorchilik harakatini keskin qoralaydi, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, qardosh afg‘on xalqiga hamdardlik bildiradi va yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, deyiladi Turkiya TIV bayonotda.
Terakt oqibatida qurbonlardan tashqari yana 30 ga yaqin odam jarohatlangan.
Qayd etish kerakki, so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonda, xususan, poytaxt Qobulda tez-tez portlash sodir bo‘lyapti. Portlash odamlar gavjum joylarda, jumladan, masjidlar oldida uyushtirilyapti. Teraktlar uchun javobgarlikni ko‘p hollarda ISHID o‘z zimmasiga olyapti.
Eslatib o‘tamiz, Bugun, 30 sentyabr kuni Qobuldagi ta’lim markazida portlash yuz bergan, portlash oqibatida kamida o‘n to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi.
LiveBarchasi