Turkiya Istanbul konvensiyasidan chiqdi. Mamlakatda zo‘ravonlikka qarshi yangi harakat start oldi
Olam
−
02 iyul 2021
5874Turkiya 1 iyuldan e’tiboran Istanbul konvensiyasidan chiqdi. Shu munosabat bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi milliy harakat rejasini e’lon qildi.
Davlat rahbari harakat rejasini e’lon qilar ekan, Turkiyaning Istanbul konvensiyasidan chiqib ketishi haqida: "Bizning ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashimiz bu konvensiya bilan boshlanmagani kabi bu konvensiya bilan tugamaydi", deydi Erdo‘g‘an.
2021-2025 yillarni qamrab oladigan harakatlar rejasida 5 ta asosiy maqsad mavjud:
• zo‘ravonlikka qarshi qonunchilikni ko‘rib chiqish va samarali amalga oshirish;
• jamoat xodimlarini o‘qitish;
• qo‘riqlash va profilaktika xizmatlaridan samarali foydalanish;
• ijtimoiy ongni oshirish;
• ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.
Prezident Erdo‘g‘an, "Zo‘ravonlik bilan kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish va samarali amalga oshirish", deb belgilangan harakat rejasining birinchi maqsadi bilan, "jabrlanuvchining adolatga erishishini osonlashtirish va zo‘ravonlik harakatlarini mutanosib ravishda jazolashni", maqsad qilganligini aytdi.
Shuningdek, Erdo‘g‘anning bayonotida Adliya, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va Diniy ishlar boshqarmasi o‘rtasida Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi koordinatsiyasida institutsional hamkorlikni ta’minlash uchun protokollar imzolanganligi qayd etildi.
Yevropa Kengashining “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish hamda ularga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi konvensiyasi 2011 yilda qabul qilingan. Bu oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha birinchi Yevropa kelishuvi bo‘lgandi.
Ushbu hujjatni birinchi bo‘lib Turkiya ratifikatsiya qildi, so‘ngra yana 33 ta mamlakat ham bu qatorga qo‘shildi. Konvensiya psixologik, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik, majburiy abort, nikoh, sterilizatsiya hamda jinsiy zo‘ravonlikka nisbatan jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.
LiveBarchasi