Turkiya Isroilga qarshi genotsid ishiga qo‘shiladi 

Olam

image

Joriy haftada Turkiya Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha jahon sudiga qo‘shilish uchun petitsiya topshiradi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Parlament huquqiy guruhimiz chorshanba, 7 avgust kuni Isroilga qarshi genotsid ishiga qo‘shilish haqidagi petitsiyamizni Gaagadagi Xalqaro sudga taqdim etadi”, deydi  Prezident.

Bayonotda aytilishicha, Turkiya so‘nggi 10 oy ichida G‘azoda 40 ming begunohning hayotiga zomin bo‘lgan “varvarlik”ga imkon qadar tezroq barham berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.

“Bu qonxo‘r genotsid tarmog‘i qanday vahshiylik qilmasin, Turkiya va turk xalqining falastinliklar bilan birdam bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Turkiya butun resurslari bilan Falastinning o‘z mavjudligi uchun kurashayotgan mashaqqatli kunlarida u bilan birga”, deya qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Prezident o‘tgan haftada HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi “G‘azo inqirozida yangi ostona” bo‘lgani va “Netanyaxu ma’muriyatining ham qoidalarga, ham qonunga zid bo‘lgan agressiv pozitsiyasi” mintaqani dahshatli ssenariylarga duchor qilayotgani haqida ta’kidladi.

“O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan hech qanday umidli natija chiqmadi. HAMASning konstruktiv pozitsiyasiga qaramay, Netanyaxu ma’muriyati qirg‘in siyosatini davom ettirish niyatini bir necha bor namoyish qildi”, deydi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xalqaro munosabatlar tizimini keskin tanqid ostiga olib, tizim bankrotga uchraganini aytgan edi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Isroil Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing