Turkiya Iroq shimolida yangi harbiy operatsiya boshladi

Olam

image

Kecha, 24 aprel kuni Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilariga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar xabar berdi.

Asosan Metina punktida o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya Zap, Avashin, Basyan, Kandil va Gara hududlarida ham o‘tkazilyapti.

“Iroq shimolidagi Metina va Avashin-Basyan tumanlaridagi Pençe-Şimşek va Pençe-Yıldırım operatsiyalari reja bo‘yicha davom ettirilyapti. Kandil tumanida Turkiya Harbiy havo kuchlari 4 ta nishonni yo‘q qildi”, deyiladi Turkiya Milliy mudofaa vazirligi xabarida.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, “Kurdiston ishchi partiyasi” jangarilari 1984 yildan to 2020 yilning martigacha bir qator qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishi natijasida 7500 turk xavfsizlik xodimi va 6800 tinch aholi o‘ldirilgan. 

AQSH va Evropa Ittifoqi “Kurdiston ishchi partiyasi”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan. 

Anqara vaziyatni hal qilish yo‘llarini qidirishga urinishlariga qaramay, “Kurdiston ishchi partiyasi” terror tashkiloti 2015 yil iyulidan beri yana qurolli hujumlarni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya harbiy operatsiya Shimoliy Iroq

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing