Turkiya futbol federatsiyasi zilziladan zarar ko‘rganlarga 1 mln dollar xayriya qildi

Sport

image

Turkiya futbol federatsiyasi halokatli zilziladan so‘ng mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) jamg‘armasiga 1 million dollardan ziyod xayriya qildi. Bu haqda “Sport 24” nashri xabar berdi.

“Butun Turkiyaning o‘y-xayoli talafotdan azob chekayotganlarda. Mamlakatimiz so‘nggi paytlarda duch kelgan, eng katta ofatlardan biri bo‘lgan ushbu zilzila oqibatlariga birgalikda barham beramiz, deb umid qilamiz.
Milliy terma jamoalarimizning barcha a’zolari, klublarimiz va ularning rahbarlari, barcha futbolchilarimiz, murabbiylarimiz, hakamlarimiz, muxlislarimizni xayriya aksiyamizni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 3281 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 20 426 kishi esa jarohatlangan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing