Turkiya-Eron chegarasida bo‘lgan zilzilada jabrlanganlar soni ko‘paymoqda
Olam
−
23 fevral 2020
4449Bugun, 22 fevral kuni Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 21 kishiga yetdi. Ularning 8 nafari og‘ir ahvolda, yana shuncha kishi tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqida Turkiya Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
Eronda esa jabrlanganlar soni 25 nafarni tashkil etmoqda. G‘arbiy Ozarboyjon provinsiyasidagi qishloqlar to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan. Bu haqida “Fars” agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq, Eron va Turkiya chegarasidagi hududda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani, oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlarning uchtasi bolalar ekanligi ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi