Shahzodaning turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
30 mart 2020
177985“Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning otasi – “Tarona records” kompaniyasi ta’sischisi Ravshan Yo‘ldoshev bugun, 30 mart kuni 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, Yo‘ldoshev Toshkentdagi uyida yurak xurujidan vafot etgan.
Ravshan Yo‘ldoshev besh farzandning otasi edi. Uning birinchi turmushidan uch qiz bir o‘g‘li, xonanda Shahzoda bilan turmushidan esa bir o‘g‘li bor edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ravshan Yo‘ldoshevning to‘ng‘ich farzandi Lola Yo‘ldosheva ayni vaqtda Rossiyada.
Marhum Ravshan Yo‘ldoshev asli xorazmlik. U qayerga dafn etilishi yuzasidan aniq ma’lumotlar yo‘q.
U 90-yillar o‘rtalarida “Tarona records” kompaniyasiga asos solib, ko‘plab yangi ovozlarning san’at olamiga kirib kelishiga zamin yaratgan. "Setora", "Jonim" guruhlari, xonandalar Shahzoda, Nilufar Usmonova, Shohruhxon, Shohruh reper, Shahriyorning faoliyatida “Tarona records”ning hissasi katta.
QALAMPIR.UZ jamoasi Ravshan Yo‘ldoshevning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi