Turkiya eng “soqqabop” mamlakatga aylandi

Biznes

image

Turk fond bozori bu yil dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan birja hisoblanadi. Bu haqda kecha, 22 noyabr kuni “Bloomberg” agentligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Borsa Istanbul (Turkiyaning asosiy birjasi) 100 indeksi joriy yilda lirada 150 foizga, dollarda esa 80 foizga o‘sgan va bu 1999 yildan beri eng yaxshi natijadir. 

“Turkiya qimmatli qog‘ozlari bu yil dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘ldi”, deyiladi agentlik xabarida. 

“Bloomberg”ning qayd etishicha, bu holat Turkiya hukumatining pul-kredit siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, u boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq qimmatli qog‘ozlarni qayta moliyalash stavkasini pasaytiradi, shuningdek, yuqori inflyatsiya sur’atlari bilan ham bog‘liq.

“Real foiz stavkalari masalasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, investorlarning turk aksiyalariga qiziqishi davom etadi”, deya agentlik so‘zlarini keltirgan “Strateji Portfoy” xodimi Burak Chetinchekar. 

Turkiya aksiyalarining yuqori daromadlari 2023 yilning o‘rtalariga qadar davom etishi mumkin. “Sardis Research Consultancy” asoschisi Evren Kiriko‘g‘li “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida qimmatli qog‘ozlar inflyatsiya pasaygan taqdirda ham kelgusi yilning birinchi yarmida jozibador bo‘lib qolishi mumkinligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

414

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing