Turkiya BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqini yo‘qotishga chaqirdi. Anqaraning o‘z taklifi bor

Olam

image

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida veto huquqi bekor qilinishi tarafdori. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deb xabar berdi “Anadolu”.

Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, borgan sari ko‘plab siyosatchilar “dunyo BMT Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a’zosidan katta” ekanini ta’kidlamoqda. BMT Bosh Assambleyasining joriy sessiyasi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tashkilotni isloh qilish chaqirig‘i tobora ko‘proq davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini isbotlamoqda.

Uning fikricha, veto huquqini ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qilishni joriy etishga almashtirish mumkin. Asosiysi, maksimal darajada qamrov va adolatni ta’minlash kerak, deya ishontirmoqda TIV rahbari.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganiga izoh bergan Chavusho‘g‘li, bu qaror Ukrainadagi urushni yakuniga yaqinlashtirmasligini ta’kidladi.

“Biz ikki davlat Prezidentlari ishtirokida muloqot va muzokaralar tarafdorimiz. Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi urushning salbiy ta’sirini hamma va barcha sohalarda boshdan kechirmoqda”, deydi u.

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT XK doimiy a’zosi bo‘lgan Rossiyani veto huquqidan mahrum qilishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing