Turkiy tilli davlatlar pandemiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Olam
−
31 Oktabr 2020
3583Turkiya Prezidenti turkiy tilli davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi. Bu haqida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sog‘liqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishi doirasida muloqot tashkil etildi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham tashrif buyurib, turkiy tilli davlatlarning sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi.
“Kasallikka qarshi kurashda foydalanilayotgan resurslarni birgalikda qo‘llash va pandemiyaga qarshi hamjihatlikda kurashish bugungi sharoitda davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytiradi”, dedi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi