Turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo hajmi yiliga 42 milliard dollarga yetdi

Olam

image

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar o‘rtasidagi eksport-import operatsiyalari hajmi yiliga 42 milliard dollarga yetdi. Bu haqda tashkilotning Ostonadagi sammitida tashkilot bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ma’lum qildi. 

“Yana bir muhim jihat – iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash, bugungi kunda hamkorlikdagi savdo hajmi 42 milliard dollarga yetdi”, deydi u.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, TDT tashkil etilganidan beri uning doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari soni sezilarli darajada oshdi, so‘nggi ikki yil ichida u o‘zaro hamkorlikning 30 ta yo‘nalishiga yetdi. 

“Tashkilot erishgan yutuqlar a’zo mamlakatlar rahbarlari tashabbuslarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bilan bog‘liq. Tashkilotimiz 2021 yilda 47 ta, 2022 yilda 62 ta tadbir o‘tkazdi. Joriy yilning 11 oyida siyosat, savdo-iqtisodiy, transport,  bojxona hamkorligi, xavfsizlik, ta’lim sohalarida 110 ta tadbir o‘tkazildi”, deydi Bosh kotib. 

U eslaganidek, 2015 yildan beri TDT investitsiyalar, logistika, transport, kommunikatsiyalar va energetika sohalarini iqtisodiy rivojlanish dvigatellari deb belgilagan. Shu bois, u ishtirokchi davlatlar uchun qo‘shma savdo loyihalarini amalga oshirish muhim deb hisoblaydi.  

“Ayniqsa, fuqarolarimizga real foyda keltirish maqsadida tovarlar, xizmatlar savdosi, kapital harakati uchun umumiy qulay maydon yaratish, transport infratuzilmasi va logistika markazlarini rivojlantirish masalalarida alohida e’tibor qaratilmoqda”, deydi O‘muraliyev. 

Keyingi TDT sammiti 2024 yilda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy davlat tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar