Bag‘dod Amreyev O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 30-31 may kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Bag‘dod Amreyev tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston vazirlik va idoralaridagi uchrashuv hamda muzokaralarda O‘zbekiston va TDT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari, shuningdek, mazkur tashkilotning mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlari tashkiloti transport vazirlari kengashi, qishloq xo‘jaligi vazirlari kengashining yig‘ilishlari hamda Turkiy agroforum va boshqa qator tadbirlar yuzasidan fikr almashiniladi.

Qayd etish kerakki, Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bu yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilmoqda. Bungacha tuzilma Turkiy tilli davlatlar kengashi deb yuritilgan. 2021 yilda esa rasman tashkilot maqomini olgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga 2019 yilning sentyabr oyida a’zo bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning oktyabr oyida Bakuda bo‘lib o‘tgan sammitda ishtirok etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing