Turkistonda 14 yoshli qiz o‘z otasidan homilador bo‘lib qolgani aytilmoqda

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yettinchi sinf o‘quvchisi o‘z otasidan homilador bo‘lib qolgani aytilmoqda. Bu haqda bugun, 3 may kuni “Orda” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘quvchining onasi politsiyaga ariza bilan murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i o‘z qizini zo‘rlagan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

“Ushbu arizaga binoan qizning otasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi hozirda hibsda saqlanmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov jarayoni politsiya departamenti nazorati ostida", deyiladi axborotda.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchi Voyaga yetmaganlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash markaziga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 70 ga yaqinlashgan chol 7 yashar qizga uyatsiz, buzuq harakat qilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Turkiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing