“Turkish Airlines” Istanbuldan Urganchga ilk parvozni amalga oshirdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni saot 07:50 da "Turk havo yo‘llari" aviakompaniyasining Airbus A-320 havo kemasi Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, avaiakompaniyaning “Istanbul – Urganch – Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozi tantali ravishda kutib olingan. Ushbu yo‘nalishda parvozlar haftada bir marotaba juma kuni amalga oshiriladi.

Avvalroq “Turkish Airlines” aviakompaniyasi joriy yilning 8 iyun kuni “Istanbul – Farg‘ona – Istanbul” yo‘nalishida ham ilk qatnovni amalga oshirgan edi. “Istanbul – Farg‘ona – Istanbul” aviaqatnovi haftaning har seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyi ikkinchi yarmida “Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing