Turk seriallari yulduzi vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
15 iyun 12465 2 daqiqa
Bugun, 15 iyun kuni “Qizil sharbat” va “Oila” seriallari yulduzi, 35 yoshli turkiyalik aktrisa Eje Irtem vafot etdi. Bu haqda oila advokatiga tayanib, “Sözcü” xabar berdi.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, kecha, 14 iyun kuni Irtem tug‘ilgan kunini nishonlagan. Taxminlarga ko‘ra, u yurak xuruji oqibatida vafot etgan. Ayolning onasi uning yonida bo‘lgan, biroq qiziga yordam bera olmagan. Aktrisa o‘limining aniq sababi tibbiy ekspertizadan so‘ng ma’lum qilinadi.
Qayd etilishicha, Eje Irtemning vafoti haqidagi xabarlardan keyin tarmoqlarda yulduzning o‘limiga giyohvand moddalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi talqinlar muhokama qilina boshlagan. Yil boshidan beri Turkiyada giyohvandlikka qarshi reydlar o‘tkazilmoqda va ularning doirasida o‘nlab mashhur shaxslar qo‘lga olingan.
Irtemning “Qizil sharbat” serialidagi hamkasbi Feyza Jivelek joriy yilning 21 may kuni qo‘lga olingan. U giyohvand moddalar savdosi, ularni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda gumonlanmoqda. U bilan birga xonanda Mabel Matiz, model Serenay Sarikaya, aktyor Onur Tuna, xonanda Berkay va yana to‘qqiz kishi ushlangan.
Ma’lumot uchun, Eje Irtem “Qizil sharbat” serialidagi Ishil rolidan tashqari, aktrisa tomoshabinlarga “Oila”, “Taqiqlangan meva” va “Yangi kelin” seriallari orqali ham yaxshi tanish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Oskar” mukofoti sohibi, “Cho‘qintirgan ota” filmi yulduzi Robert Dyuval 96 yoshida vafot etgandi.
Live
Barchasi