Turk lirasi rekord darajada qadrsizlandi

Olam

−

image

Bugun, 18 iyul kuni turk valyutasi dollar va yevroga nisbatan qiymatini yo‘qotib, tarixiy eng past ko‘rsatkichni yangilashda davom etdi. 

Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, turk lirasi 1 dollar uchun 26,95 liradan, 1 yevro esa 30,31 liradan sotilmoqda. 

Turkiya valyutasi kecha, 17 iyul kuni g‘alla savdosi to‘xtatilishi haqidagi xabarlar fonida jiddiy qadrsizlana boshladi. 17 iyul kuni 1 dollar 26,31 liraga teng edi. 

Avvalroq Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 8,5 foizdan 15 foizga oshirib, qattiqroq pul-kredit siyosatini olib borish va inflyatsiyani jilovlashga va’da bergan edi. Biroq bundan keyin turk lirasi sezilarli darajada qadrini yo‘qotdi va 1 dollar uchun 26 lira darajasida savdo qila boshladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing