“Tourist police” xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda (foto)
Jamiyat
−
10 Oktabr 2020
12253Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda yangi namunadagi forma tayyor bo‘lib, Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko‘rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e’tibordan chetda qolmadi, albatta. Bundan tashqari, bo‘linmalar xodimlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatimiz hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olindi.
"Loyiha jarayonida xorijiy davlatlar tajribasi ham o‘rganilgan edi. Urinishlar natijasi o‘laroq bugungi kunda yaratilib, xodimlar uchun taqdim etilgan forma kiyim-boshi mazkur yil davomida sinovdan o‘tkaziladi", deyiladi IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabarida.
LiveBarchasi