Turin talabasining o‘limi tafsilotlari ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi bir musht tushirilishi oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik

“Tezkor xabarlar” informatsion dasturining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa yuzasidan Ichki ishlar organlari xodimlari tezkor surishtiruv ishlarini olib borgan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni soat 12:30 larda Turin politexnika univrsitetining hovlisida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan S. va M. qo‘l berib ko‘rishib, yarashgan vaqtda ular bilan bir kursda o‘qiydigan S. yarashib olganligini so‘ragan. Bu orada esa jabrlanuvchi Sh.R. kelib, S. ismli shaxsga arashlashmasligini aytgan.

Qayd etilishicha, tortishuv bo‘layotgan paytda S.ning A. hamda A.R. ismli do‘stlari voqea joyiga keladi. A.R. atrofdagi hammani aylanib o‘tib, Sh.R.ning yuziga bir musht tushirib. yiqitgan. Buning oqibatida Sh.R. voqea joyida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining birlamchi ma’lummotiga asosan  Sh.R. o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, miya osti pardalari va to‘qimalariga qon quyilishi sabab bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi A.R. muqaddam sudlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1440

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing